Quantcast
Channel: OQAYIQ UZ - Super Portal 2.
Viewing all 88 articles
Browse latest View live

Nargiz Zakirova barchani lol qoldirdi.

$
0
0

Nargiz Zakirova foto

Nargiz Zakirova va Maksim Fadeev ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan sur'atlari bilan o'z muxlislarini qiziqtirib qo'yishdi. Ushbu sur'atda mashhur prodyusser Maksim bilan quchoqlashib tushishgan, keyingi sur'atlarida Nargizga tilla uzuk taqayotgani va "Yangi yilni sevimli qo'shiqchim bilan kutayapman" degan izoh ham qoldirgan.

Nargiz esa undan ham oshib tushdi. Tilla uzuk taqayotgan sur'ati tagiga shoirona izoh ham qoldiribdi.


DENGIZ HUKUMDORI - Jang Bogo hayotda bo'lganmi?

$
0
0

Dengiz hukmdori - afsonaviy film

Koreya kino ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan va barchamiz sevib tomosha qilgan va qilayotgan - "Dengiz hukumdori" seriali o'zbek tomoshabinining qiziqishini tobora orttirmoqda. Shu bois bugungi sahifamizda nafaqat Janubiy Koreya tarixidan, balki Uzoq Sharq moziysidan hikoya qiluvchi serialda to'xtaldik. Film qahramoni Jang Bogo haqiqiy hayotda bo'lganmi? Tomoshabinda shunday savol tug'ilgan bo'lishi, tabiiy. Tarixiy manbalarda yozilishicha,

Milk kasallanishini oldini olish.

$
0
0

Milk kasallanishini oldini olish.

Milk og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining bir qismi bo'lib, tishlar bo'yniga jips yopishgan yumshoq to'qima hisoblanadi. Milk kasalligi tishlar oralig'idagi shilliq pardalarning yallig'lanishidir. Shamollaganda, urilganda, kuyganda, kimyoviy dorilar ta'sirida milklarda xastaliklar paydo bo'ladi. Milkning rangi qizarib shishadi, til sarg'ish yupqa parda bilan qoplanadi, ko'p so'lak oqadi. Milklarda yara paydo bo'lishi ham mumkin, og'izdan yoqimsiz hid kela boshlaydi, tishlar bo'shashib qoladi, ovqat va ichimliklar iste'mol qilish qiyinlashadi.

Gemoglobin pasayganda yeyish zarur bo'lgan 5 mahsulot

$
0
0

Gemoglobin pasayganda yeyish zarur bo'lgan 5 mahsulot

Gemoglobin tana hujayralarini hayot uchun juda muhim bo'lgan kislorod bilan ta'minlab turadi. Uning kamayishi - kamqonlik, kislorod yetishmovchiligi, anemiya, tez charchash alomatlari paydo bo'lishiga olib keladi. Biz gemoglobin pasayganda muntazam ravishda iste'mol qilish zarur bo'lgan oziq-ovqatlar ro'yxatini tuzdik.

Irodasizlik oqibati.

$
0
0

Irodasizlik oqibati.

Yoxud yomonlik qurboni bo'lgan qizaloq.

Fasllar kelinchagi bahorning ilk kunlarida yigit xiyobon bo'ylab sayr qilgani chiqgan edi, nogaxon xiyobon chekkasidagi kursida yolg'iz hayollar og'ushida o'tirgan qizga ko'zi tushdi. U qiz bilan tanishish maqsadida uning yoniga yaqinlashib, u bilan hamsuhbat bo'lishini bildirib, kursidan joy oldi. Dunyo hayollariga g'ark bo'lgan qiz yoniga kelib o'tirgan barno yigitga ko'z qirini tashlab, o'zini beparvo tutib, xayol surishda davom etdi. Yigit salom-alik qilib, sekingina gap boshladi va qiz bilan tanishib oldi. Bu vaqtda kun o'z o'rnini allaqachon tunga bushatib bergan, sokin tun o'z hukmronligini boshlab yuborgan edi. Qiz men ketishim kerak kech bo'lib qoldi deyishi bilan yigit unga sizni kuzatib qo'ysam harqalay yolg'iz ekansiz, uyingizga yetib olguningizcha hamroxingiz bo'lay deb o'rnidan turdi, qiz esa biror so'z demay bir-ikki qadam odimlab ketdi, sukut alomati rizo deb yigit ham qizning ortidan yurdi.

Bo'y uzunligiga qarab inson xarakterini bilish.

$
0
0

Bo'y uzunligiga qarab inson xarakterini bilish.

97% to'g'ri bo'lgan psixologik test. Bo'y uzunligingizni tanlang va o'zingiz haqingizda haqqoniy ichki xarakteringizni bilib oling.

O'z balandligingizni tanlang va o'zingiz haqizda qiziqarli ma'lumotlarni bilib oling. Bu test 97 foizga to'g'ri chiqadi shu bois ham sizlar bilan ulashgimiz keldi. Endi test natijasiga qarang!

140 sm. Saxiy va axloqiy insonsiz.Siz eng yaxshi bo'lishga intilasiz. Eng yuqori ehtiroslar va hissiyotlarga egasiz. Siz doimo qattiq mehnat qilasiz. Ammo siz xudbinlik qilmaysiz. Siz ishlayapsiz, chunki si

Hayotda eng muhimi nima?

$
0
0

Hayotda eng muhimi nima?

O'qituvchi darsga o'zi bilan bir necha narsani olib keldi. Qo'ng'iroq chalingach, u kattakon bo'sh bankani qo'liga oldi va unga yirik toshlar sola boshladi. Keyin talabalaridan "Banka to'ldimi?" - deb so'radi. Talabalar tasdiq ishorasini qilishdi.

Professor keyin maydaroq toshlarni olib bankaga soldi. U bankani ozgina silkigan edi, maydaroq toshlar yirik toshlar orasidagi bo'sh joylarni to'ldirdi. U yana talabalardan "Banka to'ldimi?", - deb so'radi.

Eng zarur tibbiy o'gitlar.

$
0
0

Eng zarur tibbiy o'gitlar.

1. Iliq ko'k choy asal bilan ichilganda miyaga ko'p foyda beradi.

2. Tishlaringizni toza tuting.

3. Yotishdan oldin sabzi iste'mol qilish sog'liqqa foyda.

4. Suvni uzoq qaynatish yoki qaynatilgan suvni yana qaynatib choy damlash juda zararli.

5. Jigar xastaligini behi suvi davolaydi. Behi sharbatini kuniga 1-2 kosa ichish tavsiya etiladi.

6. Har qanday kasallikni davolashni oshqozonni qatiq zardobi bilan yuvishdan boshlanadi.


Shahzoda Muhammedova to'yi va bo'lajak turmush o'rtog'i haqida.

$
0
0

Shahzoda Muhammedova to'yi va bo'lajak turmush o'rtog'i haqida.

Shahzoda Muhammedova turmushga chiqmoqda.

Xabaringiz bor sevimli dizaynerimiz Shahzoda Muhammedova yaqindagina Moskva shahrida o'z liboslar to'plamini namoyish etgan edi. O'shanda nafaqat moda olamining dahosi kimsan Vyacheslav Zaytsev etiboriga tushgan balki arxitektor yigitlardan birining ham etiborini boshqacharoq tortib, yuragini o'g'irlab kelgan ko'rinadi.

Buyog'i endi Moskvadan qaytishi bilanoq Toshkentda sovchilar kutib olishdi.

Kenja kelin

$
0
0

Kenja kelin

Bir keksa ayolning hikoyasi.

Mening uch o'g'lim bor. Kunlarning biri katta o'g'limning uyiga bordim. Ertalab bomdod namoziga tahorat olish uchun kelinimdan suv olib kelishini so'radim. Tahorat qildim. Namozimni o'qidim. Qolgan suvni yotgan o'rnimga to'kdim. Kun yorishganda kelinimni chaqirib:

- Qizim, nimasini deyisiz, endi qarichilik! O'rnimni ho'l qilib qo'ydim, - dedim.

Nima uchun hayotingiz siz xohlaganday emas?

$
0
0

Nima uchun hayotingiz siz xohlaganday emas?

Istaklar!

Bu so'z hammaga tanish. Hammamizning ham anchagina xohish - istaklarimiz bor, lekin ularning ko'pchiligi хomhayolligicha qolib ketadi.

Orzularning kupchiligini amalga oshirish imkoni bormikan?

Bu masalaning 2 tomoni bor ekan.

Bir tomondan - xohish -istaklarimizning hammasini amalga oshirish imkoni bormikan?
Agar bo'lsa, buning uchun nima qlish kerak?

O'zingiz haqingizda nimalarni bilasiz?

$
0
0

O'zingiz haqingizda nimalarni bilasiz?

Yomg'ir tomchisi chig'anoqning ham, ilonning ham og'ziga tushishi mumkin. Lekin chig'anoqning og'zidagi suv marvaridga aylanadi. Ilonning og'zidagi esa zaharga aylanadi.

1. Odam miyasi sig'imi 4 terabaytdan ko'proqdir...

2. Chaqaloq 7 oylikkacha bir vaqtning o'zida ham sutni yutib, ham nafas ola biladi...

3. Samolyotda uchish jarayonida odam sochi erdagiga nisbatan ikki karra tezroq o'sa boshlaydi...

4. Miyadagi asab pulsi soatiga 274 km tezlikda harakatlanadi...

5. Bizning miyamiz bir kunda hosil qiladigan elektr impulsi dunyodagi jami telefonlar hosil qiladigan impulslardan bir barobar ko'proqni tashkil etadi...

Gemaroy kasalligi haqida

$
0
0

Gemaroy kasalligi haqida

Gemaroy - eng ko'p uchraydigan proktologik kasalliklar turiga kiradi. Jahon statistikasiga ko'ra, gemaroy bilan 20% katta yoshdagi insonlar aziyat chekishadi. Ko'proq ushbu kasallik erkaklarda uchraydi. Gemaroy - vena qon tomirlarining kengayishidan paydo bo'ladi. Gemaroy eng xavfli tomoni shundaki u vaqt o'tishi bilan o'z-o'zidan tuzalmaydi, og'irlashib boraveradi, shuning uchun ham samarali davolash uchun vaqtni kechiktirmaslik zarur. Ushbu kasallikni uy sharoitida ham samarali davolash mumkin, uning uchun ushbu muolajalarni qilishni tavsiya qilamiz.

Shokoladli ''BRAUNI'' pishirig'ini tayorlash.

$
0
0

Shokoladli ''BRAUNI'' pishirig'ini tayorlash.

Ayni shokoladli pishiriqlar ixlosmandlari uchun ajoyib retsept, shokoladli braunini tayyorlaymiz.

Masalliqlar.

Biskvit uchun:

  • 1 st shakar
  • 2 st un
  • 5 o/q kakao
  • 1,5 ch/q soda
  • 1 st sut
  • 1 st qaynoq suv
  • 2 dona yirik tuxum
  • 0,5 st eritilgan margarin

ADASHGANNING NOLASI

$
0
0

ADASHGANNING NOLASI

Xudo, menga iymon ber, iymonimni yeb qo'ydim,
Hayot yolg'on - ikkiga ikki beshdir deb qo'ydim.
O'z oyog'im boshladi, jar tomon kelib qo'ydim,
Ortimdan gumroh deya aytar meni, Xudojon,
Boshqa qadam bosmayman, qaytar meni, Xudojon!

Xayolimda qo'llarim osmonga tegib qoldi,


Minnat oshi - malomat toshi.

$
0
0

Minnat oshi - malomat toshi.

Tadbirkor og'aynimizning sakson yoshdan oshgan otasi og'ir xastalanib, to'shakka mixlanib qoldi. Ikki-uch kishilashib uni ko'rgani bordik. Otaxon poliga cho'g'day gilam to'shalgan, derazalariga harir pardalar ilingan, shiftiga qimmatbaho qandil osilgan, naqshinkor servantga billur idishlar did bilan terilgan keng-bahavo xona to'ridagi yumshoq karavotda yotgan ekan. Ochig'i, uni ko'rib, ichimizdan zil ketdik. Bir vaqtlar gursillatib qadam tashlaydigan yag'rindor, bardam-baquvvat odam bir burdagina bo'lib qolibdi. Og'riqning zo'ridanmi, tez-tez ingrab qo'yadi, basma-basiga uzoq yo'taladi...

Ey ayol sen baxtsizmisan?

$
0
0

Ey ayol sen baxtsizmisan?

Ushbu muborak kechalarni yig'lab o'tkazayapsan...

Ey ayol, ey nozik hilqat..

Ushbu muborak kechalarni yig'lab o'tkazyapsan. Har gal tonggacha yostig'ing ho'l bo'ladi. Sababi sen bevasan! Ering vafot etib ketgan. Undan senga nima qoldi? Peshonangga "beva" deb bosilgan tamg'a, yetimlar va bir dunyo dardu alam!

Senchi, ko'ngli yarim? Ne umidlarda turmush qurgan eding? Endi nima bo'ldi? To'lg'onyapsan, yana tong sahar? Kecha-yu kunduz seni bebaxt qilgan insonga xayollaringda achchiq-achchiq gapirsang ham xumoringdan chiqmaysan. Qaytib kelib, o'z uyingga sig'mayapsan.

Matematikani qisqa muddatda o'rganamiz!

$
0
0

Matematikani qisqa muddatda o'rganamiz!

Agar oliy o'quv yurtida o'qishni istasangiz, sizdan kirish imtihonlariga yetarli darajada tayyorlanish talab etiladi. Siz o'zingizga mos ta'lim yo'nalishini tanladingiz, o'rtacha o'tish ballari kam va men shunchaki tahmin qilib ko'raman deyishdan oldin bir o'ylabb ko'ring! Chunki hali ham kech emas, bizda siz uchun ajoyib taklif bor.

Xolodes - foydalimi?

$
0
0

Xolodes - foydalimi?

Xolodes taomi shunchaki tasodifan kashf qilingan. Qadimda odamlar qaynatma sho'rvani uzoq vaqt qaynatib sovuq joyga qo'yishgan ovqat yaxlab qolgan. Yangi taom birinchi bo'lib fransuzlar tomonidan yuqori baholagan. Ushbu taom asta-sekinlik bilan boshqa davlatlarga tarqalgan. Bizning yurtimizda ham xolodesni sevib istemol qilishadi. Xolodesning koloriyasi uni retseptiga bog'liq. Xolodes kaloriyasi kam taom hisoblanadi. Tovuqli 100 gram xolodesda 120 kkal mavjud, lekin eng kaloriyasi kami mol go'shtidan tayyorlangani hisoblanadi, uning 100 grami 80 kkal gina quvvat bera oladi.

Onam yopgan nonni sog'indim!

$
0
0

Onam yopgan nonni sog'indim!

Saxar turib ertalab.
Tandirga o'tin qalab.
Yopardilar issiq non.
Mehribonim onajon.

Dilimdagin topardi.
Sutli patir yopardi.
Kunlar shunday o'tardi.
Onam yopgan nonni sog'indim

 

Viewing all 88 articles
Browse latest View live