Bir yigit o'ziga munosib deb bilgan qizga sovchi qo'ydi. Qizning otasi yigit bilan suhbatlashib, undagi yaxshi fazilatlardan mamnun, jigarbandini berishga rozi bo'ldi. Mahrga atigi bir dollar belgiladi.
Ota:
- Biz yaxshi kuyovga qiz beryapmiz, mol - dunyoning ahamiyati yo'q! - dedi.
Bu gaplarni eshitgan yigit juda xursand bo'ldi. To'y ham o'tdi.