Bu burj vakilining ko'ngli nihoyatda nozik. Unda sezish qobiliyati shu qadar kuchli rivojlangan-ki, ko'pincha o'zining bashoratgo'yligi bilan atrofidagilarni lol qoldiradi. Shinamlikni sevadigan, saxiy va mehmondo'st inson. Xotirasi kuchli va fanlarga qiziquvchan. Agar Baliq burjida tavallud topgan erkak astoydil harakat qilsa, o'z axdini ishlata bilsa, u boy-badavlat insonga aylanishi mumkin. Eng muhimi, u 25 yoshga qadar o'z yo'lini aniq belgilab olmog'i lozim.
↧